

Nashrning yozishicha, Saudiya Arabistoni hukumati chempionatga jiddiy sarmoya kiritishni rejalashtirgan. Mamlakat rahbariyati ligadagi kuchli to'rtta klubning har biri o'z super yulduziga ega bo'lishini istaydi. "Al Hilol", "Al Ittihod" va "Al Ahli" tarkibni yanada kuchaytirmoqchi.
"Al Hilol" PSJ hujumchisi Lionel Messiga qiziqish bildirmoqda. Klub uni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor.
"Al Ahli" esa "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni sotib olmoqchi. Oldinroq xorvatiyalik futbolchi transfyerdan manfaatdor emasligi va tez orada madridliklar bilan shartnomani uzaytirishi haqida xabar berilgandi.
"Real" hujumchisi Karim Benzema "Al Ittihod"ga o'tishi mumkin. Nashrning yozishicha, fransiyalik futbolchi Saudiya jamoasi rahbariyati bilan bitim shartlarini muhokama qilgan.



