"Saudiya ertagi" yakunlandi deb o'ylaganmidingiz? Ikki milliard funt fikringizni o'zgartira olsa kerak?

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2024, 12:05
Saudiya professional futbol ligasi yozgi transferlar oynasi vaqtida ikki milliard funt sterling sarflashga tayyorlanmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, gap chempionatning umumiy sarflamoqchi bo'lgan summasi haqida ketmoqda va unga transfer uchun to'lanadigan pul, oylik maosh va agentlarning ulushi kiradi.

Mahalliy klublar o'z tarkibiga qo'shib olmqochi bo'lgan futbolchilar qatorida "Manchester Siti" Kevin yetakchisi De Bryuyne va "Liverpul" a'zosi Muhammad Salohni ko'rish mumkin. Belgiyalik futbolchiga "Al Nasr" va "Al Hilol" ko'z tikkan bo'lsa, "Al Ittixod" misrlikdan umidini uzmagan. 

Bundan tashqari Stiven Jerrard boshchiligidagi "Al Ittifoq" "Liverpul"dan Tyago Alkantarani ko'z ostiga olib qo'ygan bo'lsa, yana o'sha "Al Hilol" va "Al Ahli" Son Xyon Min hamda Viktor Osimxenni Premer-Ligaga olib kelishni ko'zlashgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: caughtoffside.com