Saudiya Arabistonining ikki klubi De Xea bilan shartnoma imzolamoqchi

Administrator
30 iyul 2023, 20:35
Klub nomlari aniq aytilmagan bo'lsa ham bu xabar Fabricio Romano tomonidan ma'lum qilindi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, hozirda erkin agent maqomida bo'lib turgan darvozabon David De Xeaning xizmatlariga Saudiya Arabistonining ikki klubi qiziqmoqda. Hozircha ular qaysi jamoa ekani ma'lum qilinmadi. Biroq tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.

"Bavariya" jamoasi ham bir hafta oldin De Xea bilan bog'langandi. Biroq, nemis klubi David Rayya variantiga to'xtalgandi. Hozirga kelib esa ushbu muzokara ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Ma'lumot uchun, De Xea o'tgan mavsum yakunlangach, MYU ni erkin agent sifatida tark etgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano