Saudiya Arabistonida stadion xodimi telefonini quvvatlash uchun VARni o'chirib qo'ydi

Alisher
9 okt 2019, 11:12
Saudiya Arabistonida kutilmagan hol ro'y berdi.

Saudiya Arabistonida stadion xodimi telefonini quvvatlash maqsadida VAR uskunasining bir qismini o'chirib qo'ydi.

Shu sababdan VAR ishlamay qoldi. Voqea Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi "Al Nasr" va "Al Fotix" (1:0) o'rtasidagi o'yinda sodir bo'ldi.

Hakam golni tekshirish jarayonida VARdan foydalanmoqchi bo'ldi, ammo tizim ishlamayotgan edi. Keyinroq, stadion xodimi telefonini quvvatlash uchun qurilmani o'chirib qo'ygani ma'lum bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sportbible