Saudiya Arabistonida o'tishi kerak bo'lgan Turkiya Superkubogi uchrashuv boshlanishiga 10 daqiqa qolganida bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2023, 23:25
"Galatasaroy" va "Fenerbaxche" o'rtasidagi Ar Riyodda o'tkazilishi kerak bo'lgan Turkiya Superkubogi uchun bahs bekor qilindi.

Turk OAVlarining ma'lum qilishicha, har ikkala jamoa bugunning o'zida ortga qaytib ketadi. Saudiyaliklar Mustafo Kamol Otaturk rasmi tushirilgan banner va futbolkalarni stadionga qo'yishmagan. Bundan tashqari tashkilotchilar Turkiya davlat madhiyasini stadionda qo'yishni xohlashmagan. Bu esa har ikkala klub a'zolariga yoqmagan va o'yin bekor qilindi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia