Saudiya Arabistoni – Urugvay. Suares 70 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2014, 10:27
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Saudiya Arabistoniga qarshi (1:1) o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.
Suares maydonda 70 daqiqa harakat qilib boshqa futbolchiga almashtirildi. Aynan uning zarbasidan so'ng raqib futbolchisi avtogol muallifiga aylandi.

Shunday qilib, JCH-2014da Jorjo Kellinini tishlab olgani uchun diskvalifikaciya qilingan Barselona futbolchisi dastlabki xalqaro o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Suares terma jamoaning 9ta rasmiy o'yini va va klub doirasida 4 oyga diskvalifikaciya qilingandi. Barselona tarkibida u 25 oktyabrdan boshlab maydonga tushishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru