Saudiya Arabistoni UEFA Chempionlar Ligasidan joy so'ramoqda
Omonjon To`xtamirzayev
17 avg 2023, 19:10
Saudiya Arabistoni futbol Federatsiyasi mahalliy chempionat g'olibi UEFA Chempionlar Ligasi-2024/25da ishtirok etishini istamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu g'oya bo'yicha so'rovnoma yaqin kunlarda UEFAga yuboriladi. Eslatib o'tamiz, keyingi mavsumdan evrokuboklar formati o'zgartiriladi va guruh bosqichi o'rniga, Shveytsariya tizimi bo'yicha 36 jamoalik yagona liga bo'ladi.