Saudiya Arabistoni. Ronalduning ikki assisti "Al Nasr"ga g'alaba keltirdi

Mirjalol Normatov
17 fev 2023, 21:59
Saudiya Arabistoni chempionatining 17-turida "Al Nasr" o'z maydonida "Al Taavun"ni kichik hisobda mag'lub etdi.

Unda mezbonlar tomonidan kiritilgan ikkala golga ham Krishtianu Ronaldu assistlik qildi. Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov esa zaxiradan maydonga tushdi.

"Al Nasr" - "Al Taavun" 2:1

Gollar: Abdurahmon G'arib (17), Abdulloh Madu (78) - Alvaro Medran (47).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia