Satton: "Brunu Fernandesh sardor bo'lmasligi kerak"

Aslanov Jasurbek
21 avg 2023
"Chelsi" sobiq hujumchisi Kris Sattoning fikricha, MYU "Tottenxem"ga hakamlar tufayli mag'lub bo'lmagan.

APLning 2-tur o'yinidan so'ng Brunu Fernandesh "Yunayted" birinchi bo'limda penalti tepishi kerakligi haqida gapirgan edi.

"Hakam aybdor emas. Brunu birinchi navbatda o'zi va jamoasi bilan shug'ullanishi, keyin esa hakamlar va ularning qarori haqida o'ylashi kerak.

Menimcha, Fernandesh jamoa sardori bo'lmasligi lozim, aniq. U yetakchi emas.

Agar sen sardor bo'lsang mas'uliyatni bo'yningga olishing kerak. MYU dastlabki ikki turda xayrlashuv uchrashuvini o'tkazayotgan terma jamoadek ko'rindi. Ular mavsumoldi yig'inlarida qolib ketgandek tasavvur uyg'otishyapti. Brunu hakamlarni ayblayvermay, o'zining yetakchilik qobiliyatlarini ko'rsatishi lozim" - deydi "Chelsi" sobiq forvardi Satton.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail