"Sassuolo" Skamakka uchun 40-45 mln evro olmoqchi

Alisher
18 apr 2022, 10:15
"Sassuolo" yozda hujumchi Janluka Skamakkani sotmoqchi.

Italiya klubi 23 yoshli o'yinchi uchun 40-45 million evro olmoqchi. Oldinroq, o'yinchi uchun bosh da'vogarlardan biri "Inter" ekanligi aytilgan edi.

Skamakka joriy mavsum "Sassuolo" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Hujumchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato