Sarri: "Real" tushishidan qo'rqqandim"

Mirjalol Normatov
18 dek 2019, 21:51
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri YCHL 1/8 final bosqichida "Real" bilan raqiblik qilmasidan xursand bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Turin jamoasi 1/8 finalda "Lion"ga qarshi bahs olib boradi.

"Hozircha "Lion"ga qarshi o'yin borasida o'ylashdan mano yo'q. Ungacha 70 kun vaqt bor. Oldinda transferlar oynasi va 15ga yaqin uchrashuvlar bizni kutib turibdi.

"Real" tushishidan biroz xavfsiragandim holos", - dedi Sarri.

"Yuventus"ning "Lion"ga qarshi o'yinlari 26 fevral va 17 mart kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo