Sarri: "Liverpul" sovrin sari yaqinlashmoqda"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018, 20:58
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Uotford"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Raqibni yanada yirikrok hisobda mag'lub etishimiz ham mumkin edi. Biroq so'nggi 20-25 daqiqalikda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Umuman olganda o'yin, ayniqsa ruhiy tomonlama yaxshi o'tdi.

Pedroning jarohati qanchalik jiddiyligini bilmayman, barchasi tibbiy ko'rikdan keyin ma'lum bo'ladi. Xadson-Odoini esa almashtirishni maqul ko'rdik.

Top-4likka yaqin joyimizni ushlab qolishimiz kerak. Bu mavsumdagi maqsad YCHLga chiqish. "Liverpul" esa ajoyib o'yinlari bilan chempionlikka yaqinlashmoqda", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports