Sarri "Lacio" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
9 iyun 2021
"Yuventus", "Napoli" va "Chelsi" sobiq murabbiyi Mauricio Sarri "Lacio" bilan shartnoma imzoladi.

Bitim 2 yilga mo'ljallangan. Mutaxassisning maoshi 3 million evro+bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

Chempionlar Ligasiga chiqqanlik uchun deyarli 1 million evro mukofot bor.

62 yoshli mutaxassis 2019/20 yilgi mavsumdan so'ng "Yuventus"dan ketgan edi. U jamoa bilan birga Italiya chempionligini qo'lga kiritgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Il Messaggero