Sarri Italiyada o'tgan mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2017, 18:25
"Napoli" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Italiyada o'tgan mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovriniga sazovor bo'ldi.

58 yoshli mutaxassisga Panchina d’Oro sovrini topshirildi. Eng yaxshi murabbiyga murabbiylarning o'zi ovoz beradi. Ular 61 kishi edi.

Mauricio Sarri 25 ta ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rinni "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegriya - 22 ta ovoz, uchinchi o'rinni esa Eusebio De Franchesko ("Sassuolo") egalladi - 7 ta ovoz.

"Odatda sovrinlar menga rohat bermaydi, biroq bu yutuq meni hayajonlantirdi, chunki murabbiylar ovoz berishdi. Besh yil oldin C Seriyada edim. Barcha yordamchilarimga rahmat" - deydi Sarri.

"Napoli" o'tgan mavsumni ikkinchi o'rinda yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia