Sarri: "Yevropa ligasi finalida "Napoli" bilan o'ynashni istardim"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Kievning "Dinamo" klubiga qarshi bo'lib o'tgan Yevropa ligasi 1/8 final javob o'yini (5:0) haqida fikr bildirdi.

"O'yinni yaxshi boshladik. Ilk daqiqalarda gol urganimiz tufayli raqib qiyin ahvolga tushib qoldi. Birinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik. Tanaffusdan keyin uchrashuvni kerakli natija bilan yakunladik.

Jiru? U juda yaxshi harakat qildi. So'nggi vaqtlarda uning har bir maydonga tushishi jamoaga foyda keltirmoqda. Olive ushbu turnirda 9ta gol urishga ulgurdi. U uchun xursandman.

"Napoli"? Ular bilan finalda o'ynashni xohlardim. Neapolni yaxshi ko'raman, shu sababli bu shaharda o'ynash menga qiyin bo'lardi.

Ayni damda "Dinamo"ning muammosi jismoniy holatda. Bir necha yil o'tib ular kuchliroq jamoaga aylanishi mumkin, ammo hozir jamoa juda ham yosh" - deydi Sarri.

Shunday qilib, "Chelsi" Yevropa ligasi 1/4 finaliga chiqdi. Bu bosqich qur'asi bugun, 15 mart kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com