S.Arabistoni Superkubogi. “Al Nassr”ni ranjitgan “Al Ittihod” finalda ham g'alaba qozonib, bosh sovrin egasiga aylandi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2023, 09:45
Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida “Al Ittihod” 2:0 hisobida “Al Fayha”dan ustun kelib, o'z tarixida birinchi marotaba ushbu titul sohibi bo'ldi.

Abdurazzoq Hamdallah bahsda dublga erishdi. Shuningdek, 1-taymda “Al Ittihod” a'zosi Abdulrahmon Al Obud penaltidan unumli foydalana olmadi.

Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari yarim finalda Krishtianu Ronaldu sardorligidagi “Al Nassr”dan ustun kelishgandi.

Ma'lumot o'rnida, “Al Ittihod” 2013 va 2018 yillarda Superkubok uchun bahsda mag'lubiyatga uchragan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia