

•JCH-2018ning 7ta o'yini va 3-o'rin uchun kechadigan bahs Sankt-Peterburg stadionida bo'lib o'tadi;
•Arena o'tgan yili FIFA-2017 Konfederatsiya Kubogining asosiy stadioni bo'lib xizmat qildi;
•Stadion Zenit klubining uy arenasi hisoblanadi.

O'yinlar
Sankt-Peterburg stadionida Jahon Chempionatining 7ta o'yini, shuningdek, 1/8 final uchrashuvlari, yarim final va 3-o'rin uchun kechadigan bahs o'tkazilishi rejalashtirilgan. 15 iyun kuni Marokko va Eron Islom Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv turnirni ochib beradi.
Imkoniyatlari
Mundial vaqtida Sankt-Peterburg stadioniga 67 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin.
Joylashgan o'rni
Sankt-Peterburg shahridagi yangi arena "Kirov" nomidagi stadion o'rnida qad rostlagan. Sobiq Sovet Ittifoqi davridagi "Kirov" 110 000 tomoshabinga mo'ljallangandi. Yangi arena tufayli Krestovskiy orolidagi transport infrastrukturasiga ijobiy ta’sir o'tkazdi: 2018 yil Novokrestovskaya metro bekati ochilgan, 2017 yilda esa Primorskiy orolining janubiy qirg'og'i bilan bog'laydigan piyodalar o'tish ko'prigi qurilgan.

Bilasizmi?
Ushbu stadionni qurish uchun o'tkazilgan tanlovda mashhur yaponiyalik arxitektor Kisyo Kurosava g'olib bo'lgan edi. Loyihaga ko'ra, arenaning tashqi ko'rinishi fazoviy kemani yodga soladi. O'ziga xos ko'rinishga ega Sankt-Peterburg stadionida nafaqat futbol o'yinlarini, balki boshqa ko'ngilochar tadbirlarni ham o'tkazish mumkin. Uning yana bir jihati shundaki, qaxraton qishda ham, erta bahorda ham, arena ichki harorati +20 gradusni tashkil etadi.
Dastlabki o'yinlar
Sankt-Peterburg stadioni 2017 yil o'z faoliyatini boshlagan. U yerda ilk bor FIFA-2017 Konfederatsiya Kubogining o'yinlari bo'lib o'tgan. O'shanda Yoaxim Lev qo'l ostidagi Germaniya terma jamoasi Chili termasi ustidan g'alaba qozongandi. 2017 yil noyabr oyida Rossiya va Ispaniya termalari (3:3) o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi bo'lib o'tgan. 2018 yil martda esa rossiyaliklar Fransiya terma jamoasini (1:3) aynan shu arenada qabul qilgandi.

Meros
Jahon Chempionatidan so'ng, stadion Zenit futbol klubining uy arenasi bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, Rossiya milliy terma jamoasi vaqti-vaqti bilan bu stadionda o'z o'yinlarini o'tkazib turishi mumkin. Shuningdek, guruh bosqich o'yinlari va UEFA EVRO-2020 chorak finali ham aynan shu arenada bo'lib o'tadi.
Nozima Zaripova tarjima qildi



