Sanjar Shoahmedov: “Selangor” Malayziyaning top jamoalari sirasiga kiradi”

Eldor Akmurzayev
11 mar 2020, 22:22
Hamyurtimiz Sanjar Shoahmedov to'p tepayotgan Malayziyaning “Terengganu” jamoasi chempionat doirasida 4-tur uchrashuvini “Selangor”ga qarshi o'tkazdi.

Bahsda tomonlar jangovar 3-3 hisobidagi durangga imzo chekishdi. O'zbekistonlik futbolchi o'yinning 64-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Maxoratli yarim himoyachi bahsdan so'ng fikrlarini bildirdi.

“Bugungi o'yinni o'z maydonimizda o'tkazdik. Raqibimiz “Selangor” Malayziyaning top jamoalaridan biri hisoblanadi. Ikki jamoa uchun ham qiziqarli va murosasiz bahs bo'ldi deya olaman. Chempionatning endi uchinchi turi tugadi. Hozirda to'rt ochko bilan oltinchi o'rinda ketmoqdamiz. O'ylaymanki, bu hali boshlanishi. Biz yuqori pog'onalarni istaymiz. Hammasi oldinda. Menimcha, durang adolatli natija bo'ldi. G'alaba qozonish istagida maydonga tushgandik, lekin yakunda durang qayd etildi. Ishlashda va xatolarimizni to'g'irlashda davom etamiz”, deydi Shoahmedov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia