Sancho Italiyaning qaysi klubiga o'tmoqchi?

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 12:12
"Manchester Yunayted" forvardi Jeydon Sancho faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli ingliz "Yuventus" qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Napoli"ga o'tishni maqul ko'rmoqda.

Ingliz 2024/25 yilgi mavsumda "Chelsi"da ijara asosida o'ynagan. Sancho 42 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub Sancho bilan to'liq shartnoma imzolamadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sports Italia