Samyuel Umtiti: "Men "Lion"ga qaytishim mumkin"

25 noya 2019, 22:47
"Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti Fransiya chempionatiga qaytishi mumkinligini inkor etmadi.

"Men murabbiy bo'lishni xohlayman. Mashg'ulotlar va murabbiyning harakatlarini diqqat bilan kuzataman. Ehtimol, "Lion"ga o'yinchi yoki murabbiy sifatida qaytishim mumkin".

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli fransiyalik himoyachi "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "ko'k-anor ranglilar" safiga 2016 yilda 25 million evro evaziga kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito