Samvel Babayan "Krasnodar" - "Orenburg" o'yinini stadiondan kuzatdi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2016, 18:46
O'zbekiston milliy terma jamaosi bosh murabbiyi Samvel Babayan Rossiya kubogi doirasidagi "Krasnodar" - "Orenburg" o'yinini stadiondan kuzatib bordi.

27 oktyabr kuni o'tkazilgan ushbu uchrashuvda Samvel Babayan O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda terma jamoaga nomzod bo'lgan Vadim Afoninning o'yinini ko'zdan kechirdi.

Ushbu o'yin 3:2 hisobida "Krasnodar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. "Krasnodar" gollariga Grankvist (57, 100) hamda Izmailov (67) mualliflik qilgan bo'lsa, "Orenburg" gollarini Breev (55) va Oyevol (59) urgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com