Sampaoli: “Chili terma jamoasi ispanlarga qarshi uchrashuvda o'z o'yin uslubini o'zgartirmaydi”

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2014, 11:59
Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli jahon chempionati guruh bosqichinig ikkinchi turida Ispaniyaga qarshi o'yin uslubini o'zgartirmaslikka qaror qildi.
Sampaoli faqat g'alabaga ko'z tikkanini qo'shimcha qilib o'tdi.

“Bizning o'yin tizimimiz shakillanib bo'lgan. Aynan mana shu tizim tufayli jahon chempionatida ishtirok etyapmiz. Ispaniya maydonning har bir qarichidan va har bir hatoimizdan foydalanishga urinadi , lekin biz o'yin uslubimizni o'zgartira olmaymiz. Bu uchrashuv muxlislar uchun qiziq bo'lishi aniq” – deydi Sampaoli “Marca”ga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com