Samaradagi to'rtovlon Moskvaga yo'lga tushishdi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2018, 09:36
"Bunyodkor" klubi muxlislari va CA xodimi Jahongir Sotvoldiev bir necha kun davomida Samara shahrida bo'lib, Jahon chempionatining ikkita o'yinni stadiondan tomosha qilishdi.

Ular o'zbekistonlik millionlar futbol muxlislari uchun foto va video reportajlar tayyorlab Jahon chempionati muhitini qo'ldan kelganicha etkazib turishdi, mundial o'yinlari, stadion atrofidagi muxlislarning hissiyotlari, hayajonlari qanday bo'lishini xalqimizga ko'rsatishga harakat qilishdi.  


Ayni paytda hamyurtlarimiz Samaradan 1060 km uzoqlikdagi Moskva shahriga yo'l olishdi. Rossiya poytaxtidan ham foto va vidoreportajlar tayyorlash rejalashtirilgan. Nasib qilsa muxlislarimiz va muxbirimiz chorak va yarim final bahslarini stadiondan kuzatishadi hamda ichkaridagi muhitni xalqimizga etkazishadi.


Championat.asia saytining Jahon chempionati davomidagi hamkorlari "Start" savdo belgisi, "O'zbegim" kolbasalari va Elmakon savdo belgisi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia