Salohni qo'lga kirita olmagan saudiyaliklar endi Liverpulning boshqa yulduzini sotib olishmoqchi

Khoja
15 apr 2025, 10:13
Liverpul hujumchisi Luis Dias faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Unga Al Nassr jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Al Ahli ham kolumbiyalik hujumchi bilan shartnoma tuzish yo'llarini o'rganmoqda.

Avvalroq, Saudiya jamoalari Muhammad Saloh bilan shartnoma tuzish uchun maksimal harakat qilishgandi, biroq misrlik hujumchi APLda qolishga qaror qildi.

28 yoshli Dias joriy mavsum qizillar safida 15 ta gol urdi va 8 ta golga assist qayd etdi. Hujumchi Liverpulga 2022 yilning qishida Portudan kelib qo'shilgandi. O'shanda inglizlar Portugaliya jamoasiga 38 million funt to'lashgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru