Saloh Klopp bilan urushib qolgan

Mirjalol Normatov
7 mar 2021, 17:34
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin.

"AS" xabariga ko'ra, so'nggi bir necha oylar davomida futbolchi bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan urushib qolgani sababli gaplashishmayapti. "Chelsi"ga qarshi o'yinda 62-daqiqada zaxiraga olingani uchun noroziligini ochiqcha namoyish qilgandi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi. Ushbu mavsumda 28 yoshli Saloh "Liverpul" tarkibida 37 o'yinda 24 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS