Saloh: "Kelasi yil APL bosh sovrini uchun harakat qilamiz"

3 iyun 2019, 20:40
"Liverpul"ning misrlik yulduzi Muhammad Saloh Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat kelasi mavsum APL chempionligi uchun kurashda qo'l kelishini aytib o'tdi.

"Bu g'alaba nimadirning boshlanishi. Keyingi mavsum APL chempionligi uchun boramiz. Bu Angliya chempionligi uchun kurashgan birinchi mavsumimiz bo'ldi. O'tgan yili xuddi shu voqea YCHLda bo'lgandi, undan oldin Yevropa ligasida. "Manchester Siti"ga 1 ochko evaziga yutqazib qo'ydik. Lekin, ular bunga munosib erishishdi. Kelasi yil shu ishni biz qila olamiz. 

Jamoaning o'rtacha yoshi 25-26. Bizda ko'plab yosh futbolchilar bor va bu quvonarli holat. Sovrin yutish buyuk tajriba bo'ldi. Bu bizga keyingi marralarni zabt etishimizga yordam beradi.

Siz (finalda) ko'rdingiz biz ancha bosiqroq, ko'proq tajribaga ega sabrli ko'rindik va 87-daqiqada ikkinchi golni urdik. Bu biz o'rganayotganimiz, o'sayotganimizni ko'rsatadi", - deydi "Liverpul"ning 11-raqam sohibi.

O'xshash yangiliklar


Manba: premierleague.com