Saloh bir uchrashuvda ikkita rekordni takrorladi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2018, 19:11
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Kristal Pelas"ga qarshi APLning 32-tur uchrashuvida (2:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shunday qilib, 25 yoshli misrlik mavsumdagi 29-golini urdi va afrikalik futbolchilar orasida darvozani ishg'ol qilish bo'yicha Dide Drogba rekordini takrorladi. "Chelsi" sobiq forvardi 2009/10 mavsumda 29ta gol urishga erishgan edi.

Bundan tashqari, Saloh 21ta o'yinda darvozani ishg'ol qilib, yana bir rekordni takrorladi. Oldinroq "Manchester Yunayted" sobiq hujumchilari Krishtianu Ronaldu (2007/08) va Robin van Persi (2012/13) ham 21ta uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif