Saka va "Arsenal" o'zaro shartnomani yangilashga yaqin turishibdi. Amaldagi kelishuv 2024 yilgacha mo'ljallangan

Administrator
11 may 2023, 00:50
"Arsenal" o'z yetakchisi bilan yangi shartnoma imzolash arafasida.

Bukayo Saka va "Arsenal" o'zaro yangi shartnoma imzolashga yaqin turishibdi. Klub ushbu mavsum oxiriga qadar 21 yoshli "javohir" bilan yangi shartnomani "pishitish" umidida. The Independent nashrining xabar berishicha, tomonlar deyarli kelishib bo'lishgan. Shartnomaning yangilanganligi borasidagi reklama materiallari tayyor. Shunchaki, bazi kichikroq detallar kelishib olinsa bas. 

Ma'lumot uchun, ushbu mavsum Saka APLda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Independent