Saka jarohat oldi

Mirjalol Normatov
27 sen 2023, 00:14
"Arsenal" futbolchisi Bukayo Saka ushbu haftada jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

Vinger 24 sentyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat olgan. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta uning "Bornmut"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan. Shu sababli uning Angliya liga Kubogida "Brentford"ga bilan bahsda maydonga tushish ehtimoli juda past.

3 oktyabr kuni "Arsenal" YCHLda "Lans"ga qarshi bahs olib boradi, oradan 5 kun o'tib, "Manchester Siti"ga qarshi o'yin bor.

Ushbu mavsumda Saka chempionatning 6 o'yinida 3 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC