"SA" xodimlari Muborakda

Narzulla Saydullayev
18 mar 2015
Bugun "Mashal" futbol klubi mavsumlar oralig'ida tarkibga yangi qo'shib olgan futbolchilarini taqdimot marosimini o'tkazadi.
Mazkur tadbirga klub jurnalistlarni Muborakka taklif etdi. Xususan "championat.asia"dan Narzulla Saydullaev, Tolibjon Qosimov va kamina. "Futbol Ekspress" gazetasidan Firdavsxon, "uff.uz" saytidan Zafar Qosimov va Yoqubjon Bobojonov kecha soat 22:30da Toshkent vokzalidan Qarshi tomon qo'zg'algan poezddan joy oldi.

Qarshiga bugun erta tongda soat 04:50da yetib keldik. Vokzalda bizni "Mashal" klubi haydovchisi O'lmas aka kutib turardi va Muborak tomon olib keldi. Kichik shaharda yana o'tgan yilgidek "Prestij" mehmonxonasiga joylashdik.

Endi ishga kirishamiz. Tanishtiruv marosimini Narzulla Saydullaev onlayn tarzda yoritib borishga harakat qiladi. Tolibjon Qosimov ham o'quvchilarimizga eng sara suratlarni taqdim etish maqsadida atayin fotoapparatini olib kelgan. Xullas bugun Muborakdan reportajlarni kuting.

Aytgancha bugun "Mashal" stadionida futbol o'ynaymiz!


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia