"SA" xodimlari Muborakda!

Narzulla Saydullayev
2 noya 2014
Avval xabar berganimizdek, bugun "Mashal" jamoasinining 30 yillik yubiley to'yi tantanali ravishda nishonlanadi.
Shu munosabat bilan klub rahbariyati OAVga katta e'tibor qaratgan holda, bir qator jurnalistlarni Muborak shahriga kelib-kyetishlari uchun qulay sharoitlarni yaratib berdi.

Kecha kamina bilan birga "Futbol Ekspress" gazetasidan Firdavsxon va "Inter Futbol"dan Zafar Qosimov yo'lga chiqdik. Soat 18:00da Toshkentdan qo'zg'algan poezd kech soat 00:30da Qarshi shahriga yetib keldi. Poezd vokzalida bizni "Mashal" klubi vakili O'tkir aka kutib oldi va aynan ular bilan birga Muborakka bordik.

Yo'lda kelish asnosida O'tkir aka bilan suhbatlashib, gurunglashib keldik. Anchagina xushchaqchaq inson ekan.
Soat 01:45da Muborak shahridagi "Prestij" mehmonxonasiga kelib joylashdik. Aytgancha "SA"ning motori bo'lgan Nodirxo'ja Yuldashev va ustozimiz Xayrulla Xoliqov ham shu erda. Ular bizdan bir kun oldin Muborakka kelishgan.

Bugungi kun rejasiga ko'ra, nonushtadan so'ng "Mashal" stadioni yaqinida joylashgan suniy maydonda jurnalistlar va akademiya murabbiylari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu haqda va umuman safarimiz xususida imkon qadar kun mobaynida sizlarga etkazib berib turishga harakat qilamiz.   

Muborak shahridan
Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia