
Uchrashuv ancha shiddatli va tomoshabop o'tdi. Murosasiz ruhda o'tgan o'yinlar muxlislarga yoqadi, albatta. Bugun Samarqandga ochko olish uchun kelgandik, ammo omad ko'proq Dinamo tomonida bo'ldi. Maydon egalari bugungi qoniqarsiz holatlari uchun g'alabani ko'proq xohlab, maydonda bor kuchlari bilan o'yinashdi. Mavsum hali oldinda, keyingi o'yinlarda g'alaba uchun kurashishda davom etamiz - deydi mehmonlar ustozi Rustam To'xtamurodovich.