Rustam Mirsodiqov: "Buxoro"dan uchralgan mag'lubiyatga o'zimiz aybdormiz"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2014, 22:27
"Buxoro" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng bekobodliklar ustozi Rustam Mirsodiqov jurnalistlarga qisqacha intervyu berdi.
- "G'alaba qozonish uchun eng asosiysi futbolda gol urish kerak, afsuski biz juda ko'p kulay vaziyatlarimizni golga aylantira olmadik hattoki o'yin oxirida 11 metrli jarima to'pini ham golga aylantira olmadik.

Buxorodan kamida bir ochko bilan ketishimiz mumkin edi. Hamma ayb o'zimizda.

Mezbonlar g'alaba uchun ko'p harakat qilishdi va yuzaga kelgan vaziyatlaridan foydalanib hakli g'alabaga erishishdi", - deya o'z fikrlarini yakunladi Mirsodiqov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfkbuxoro.uz