

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Match TVga kichik intervyu berdi.
– O'zbekistonda RPLni kuzatishadimi?
– Ha, bu yerda menga qadar boshqa futbolchilar ham o'ynashgan – Shomurodov, Odil Ahmedov.
– Shomurodov bilan suhbatlashib turasizmi?
– Albatta, u mening eng yaqin do'stim. Birga terma jamoada o'ynaymiz, Fayzullaev bilan ham gaplashib turamiz. Shomurodov Italiya haqida gapirib beradi. U yaqinda jarohat olgandi, maydonga ham qaydi. Eldor biz uchun o'rnak, albatta. Rossiyadan Yevropaga yo'l oldi, bizda ham shunday imkoniyat bor. Mashg'ulotlarda u boshqa darajada ekani seziladi.
– Sizga Yevropaning qaysi ligasi yoqadi?
– Bu haqida gapirish biroz erta, albatta, eng yaxshi ligalarda o'ynashni istayman. Hozircha, "Rubin" ham yaxshi.




