Rustam Ashurmatov: "Hayron qoldim..."

Iskandarov Abdulaziz
5 dek 2022
"Navbahor" himoyachisi Rustam Ashurmatov "Rubin"dan tushgan taklif va jamoasining rejalari haqida fikrlarini bildirdi.

"Rubin"ga o'tishim juda oddiy yuz berdi. Ula menga yozda taklif bilan chiqqan edi. Ammo klubim bilan shartnomam borligi sababli "Navbahor"da qolishga qaror qildim. Rus klubiga yozda ketsam ham bo'lardi. Murabbiylar bilan kelishgan holda yilni yakuniga etkazishga qaror qildik. Keyinchalik yana "Rubin" shartnoma taklif qildi va biz yanvarda imzolashga gaplashib oldik.

To'g'risini aytsam Sluckiyning o'zi jamoaga taklif qilgandi. To'g'ri muammolar bo'ldi. Murabbiy o'z xohishi bilan iste'foga chiqqanini aytishdi. Ochig'i hayron qoldim. O'zi istab olib kelgan o'yinchilar, tarkibni kuchaytirishga qilgan harakati bois isteof yuz bergani baribir g'alati tuyuldi. U ketganidan so'ng "Rubin" bilan yana gaplashdik. Rejalar o'zgarmagani bilan qiziqdik. Nafaqat murabbiy, balki klub ham jamoaga kelishimni istaganini aytishdi. Rejalar o'zgarmadi. "Rubin"ga borib qo'shilaman",- deydi Rustam Ashurmatov. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia