Ruslanbek Jiyanov: "Urugvay kabi kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlarda katta tajriba olamiz"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2025, 20:08
O'zbekiston hamda Urugvay terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan (1:2) so'ng o'zbekistonliklar safidagi yagona golga mualliflik qilgan Ruslanbek Jiyanov bahs haqida fikr bildirdi.

- Ushbu o'yin futbolchi sifatida siz va jamoaga qanchalik muhim deb hisoblaysiz?

- Bu kabi bahslar albatta juda muhim. Urugvay kabi kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlarda katta tajriba olamiz.

- Fabio Kannavaro qo'l ostida ikkita bahs o'tkazdingiz. U sizlarga qanday taktik ko'rsatmalar bermoqda?

- Murabbiy vaqti-vaqti bilan yuqori pressingda o'ynashni va to'pni ko'proq nazorat qilishni so'rayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia