
"Lokomotiv”ga kelganimdan juda xursandman. Klubdagi ichki muhit juda yaxshi. Xorijiy yig'inda ishtirok etdim, sheriklarimning saviyasi ancha yaxshi ekani ko'rinib turibdi. To'g'risi, Osiyo chempionlar ligasi haqida umuman eshitmagan edim. Biroq bu erga kelishimning asosiy sababi aynan OCHLda ishtirok etish. Dastlabki o'yinni Saudiya Arabistonida “Al Hilol”ga qarshi o'tkazamiz, bu bahs biz uchun juda muhim sanaladi. Ilk professional shartnomamni 17 yoshimda imzolaganman. "Luch Energiya" safiida o'tgan yil Rossiya kubogi yarim finaliga qadar yetib borgandim", - deydi Ruslan Koryan.