Ruslan Ahmedov: "Turon" bizdan alamini oldi"

Alisher
6 noya 2022, 11:53
Pro-liganing 25-turidan o'rin olgan "Turon" - "Xorazm" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi

O'yin haqida

- "Turon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Og'ir o'yin bo'ldi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Mezbonlar esa o'z imkoniyatlarini golga aylantirishdi. "Turon" bu mavsumda bizni mag'lub eta olmayotgandi, bugun alamini oldi desak ham bo'ladi. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytdim, gol urmasak ham yaxshi o'yin o'tkazdik. Bizga tarkibni yoshartirish va shu yosh futbolchilarni tajriba to'plashlariga yordam berish vazifalari qo'yilgan. Har ikki jamoaga ham omad tilayman.

- Jamoa sardori Abror Xusinovning majburan almashtirilishi natijaga ta’sir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Ha, bu ham ta’sir o'tkazdi. Unda mashg'ulotlarda olingan jarohat bor edi. 

- "Xorazm"dan turli yoshdagi terma jamoalar safiga jalb etilayotgan futbolchilar bormi?

- Terma jamoalarga ko'proq Superliga klublaridan jalb etilmoqda. Kelasi yilga biz ham Superligaga harakat qilamiz.

- Tarkibda jamoa murabbiylar shtabiga jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilarni ayta olasizmi?

- Albatta, bizda tajribali futbolchilar bor. Masalan G'ayrat O'daev, Jasur Atadjanovlar bor. Ular murabbiylar kursida o'qib bo'lishgan. Vaqti kelsa sekin-sekin tarkibga jalb etamiz.

- Kelasi mavsum uydagi o'yinlarda raqiblarni tabiiy maydonda qabul qilasizlarmi?

- Ha, shunday bo'ladi. Hozir tabiiy maydonimiz xolati yaxshi desa ham bo'ladi. Kelasi yilga tabiiy maydonda o'ynashga harakat qilamiz.

- Jamoa Superligaga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Yigitlarga keyingi o'yinlar oldidan qanday motivaciya berasiz?

- Biz kuchli beshlikka kirganimizdayoq aytgandim, Superligaga da'vogar klublar orasidamiz deb. Masalan "Mashal" mavsum boshidayoq Superligaga da'vogar sifatida qaralayotgandi. Biz shu bosqichga qadar yetib keldik, kelasi yilga albatta Superliga uchun harakat qilamiz.





O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia