Ruslan Ahmedov: "Roki Marchiano jamoamiz uchun muhim futbolchi"

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2022, 21:52
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Mashal" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Durang adolatli natija bo'ldi. Yigitlarga rahmat! "Mashal"ni bilasizlar, "Turon", "Buxoro" va "Andijon" kabi Superligaga da'vogar jamoalardan sanaladi. Kutilganidek, o'yin nazorati biz tomonda bo'lganida ham, ular vaziyatlar yaratishga intilishdi. Xato evaziga gol o'tkazib yubordik. 

O'yin davomida bir golimiz hisoblanmadi. Hakamlar ishini muhokama qilmaymiz, ularni nazorat qiluvchi markaz bor. Vaziyatni takroran ko'rib chiqamiz. Tushunarsiz bo'ldi, qaror tez va darrov chiqarilmadi.

Rokki Marchianoda jarohat? Ha, unda o'yindan oldin ozroq jarohat bor edi. O'zi bilan gaplashganimizda o'ynay olishini bildirdi, u jamoamiz uchun muhim futbolchi. 

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirdi. Bugungi o'yin uchun hammaga rahmat", – dedi mezbonlar ustozi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia