

O'tgan mavsum u "Manchester Yunayted" bilan ushbu turnirda g'olib chiqqan. 27 iyul kuni "irislar" Yevropa ligasining 3-saralash bosqichida "Rujomberok"ni qabul qilishadi.
"Doimo "Everton" safida Yevropada o'ynashni istaganman va avvalroq bu ishni bajara olmaganimga xafa bo'lardim, biroq endi shunday imkoniyat paydo bo'ldi. Bu sovringa o'tgan mavsum ega chiqdim, shu sababli uni ikkinchi marotaba qo'lga kiritshini istayman. Sabrsizlik bilan yangi mavsumni kutyapman" - deydi Runi.



