Runi: “Ronaldu bilan do'stligimizga qaramay, Messini tanlayman”

Eldor Akmurzayev
19 apr 2020, 20:00
Angliyalik forvard Ueyn Runi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu hamda "Barselona" sardori Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

“Birga o'ynashni boshlaginimizda, Ronaldu gollarga u qadar e'tibor qaratmagan edi. Biroq hammasi ko'rinib turgandi: u dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishni istagan. U doimiy tarzda mashq o'tkazdi va bu o'z samarasini berdi. Krishtianu aql bovar qilmas to'purarga aylandi. Ehtimol, u Messi bilan tarihdagi eng yaxshi ikki futbolchidir.

Ronaldu bilan do'stligimizga qaramay, Messini tanlayman. Shu kabi sabablarga ko'ra, Xavi va Skoulzning o'yinini tomosha qilishni xush ko'rardim: uning o'yinida boshqalarda yo'q jihatlar bor. Istedod haqida gap ketmoqda. Messi bor kuchi bilan zarba yo'llab, gol urganini eslay olmayman. U shunchaki to'pga teginadi va bu juda osondek ko'rinadi.

Ronaldu esa maydonda shafqatsiz, qotildir. Biroq, Messi sizni o'ldirisishdan oldin qiynoqqa soladi. Messi haqda gap ketsa, u o'yindan ko'proq zavq oladi, degan taasurot qoladi”, deydi “Derbi Kaunti” a'zosi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Times