Runi murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi ekanligini aytdi

9 fev 2018, 23:23
“Everton” hujumchisi Ueyn Runining aytishicha, u futbolchilik faoliyatini yakunlagach, aynan hozir to'p tepadigan jamoada murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida ekanligini ma'lum qildi.

“Faoliyatimni yakunlagandan keyin ham “Everton”da qolishni istayman. Murabbiylikda o'zimni sinab ko'rib, qachonlardir bosh murabbiy ham bo'lishimga ishonaman. Bu men niyat qilgan ish. Keyingi mavsumda “Everton” U-14 jamoasi bilan bir nechta mashg'ulotlarni o'tkazmoqchiman. Bu men uchun foydali bo'ladi. Albatta yaqin yillarda asosiy ishim futbol o'ynash bo'ladi. So'ngra murabbiylikni boshlayman. Vaqti soati kelganda klub rahbariyati bilan bu borada suhbatlashib olaman”, deya Runining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph