Runi Ekitike haqida: "Ahmoqona harakat. VAR zamonida golni tekshiruvdan keyin nishonlash kerak"

Mirjalol Normatov
26 sen 2025, 23:48
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Liverpul" futbolchisi Ugo Ekitikening "Sautgempton"ga qarshi o'yindagi chetlatilishi haqida gapirdi.

Hujumchi uchrashuvning 53-daqiqasida sariq kartochka olgandi. 85-daqiqada g'alaba golini urganidan keyin u golni libosini echgan tarzda nishonladi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

"U goldan keyin hissiyotlarini boshqara olmadi. Menimcha u bundan afsuslangan bo'lsa ham kerak. Buni oqlay olmayman, albatta, bu ahmoqona harakat.

So'nggi yillarda gollarni VAR tekshiruvidan keyin nishonlash kerak bo'lmoqda. Biroq bunday hissiyotlarni yana ko'rish yoqimli bo'ldi", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC