Runi Chempionshipda jon saqlab qolgan klub ustoziga aylandi

Aslanov Jasurbek
25 may 2024, 18:52
Ueyn Runi faoliyatini Chempionship jamoasida davom ettiradi.

"Plimut" futbolchilik faoliyatining katta qismini "Manchester Yunayted"da o'tkazgan 38 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Plimut" joriy mavsum Runi qishda tark etgan "Birmingem"dan bir ochko ko'p to'plab, Angliyaning ikkinchi darajali ligasida jon saqlab qolgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Argyle