Rui Patrisiu "Roma"ga o'tishga yaqin

Alisher
24 iyun 2021
"Roma" va "Vulverxempton" yaqin kunlarda darvozabon Ruy Patrisiuning transferini amalga oshirishni rejalashtirishmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishgan. Transfer tez orada e'lon qilinadi.

Patrisiu "Roma"ga o'tgan taqdirda, "Vulverxempton" boshqa portugaliyalik darvozabonni xarid qiladi - "Olimpiakos"dan Joze de Sa.

33 yoshli o'yinchi ingliz klubi tarkibida 2018 yildan beri o'ynayotgandi. Uning shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira