Rudi Garsiya: “Italiya chempionatini yutishni orzu qilaman”

26 dek 2013, 12:47
“Roma” klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya, A Seriyada g'olib bo'lish orzusi ekanini aytib o'tdi.

“Italiya chempionatini yutishni orzu qilaman. Ammo hozircha bu haqiqatdan yiriq deb o'ylayman. “Yuventus” kuchli jamoa ekanini barcha yaxshi biladi, lekin chempionat favoritlari ochko yo'qotadigan bo'lisalar, biz ularning o'rniga chiqishimiz mumkin. Biz 41 ochko to'pladik va mag'lubiyatsiz o'yin ko'rsata borayapmiz. Biroq “Yuventus” bizdanda yuqoriroq o'yin ko'rsatayapti. Ularning tarkibida kuchli o'yinchilar ko'p, shuning uchun ular ketma-ket bir nechta musobaqalarda ishtirok eta olishadi”, - murabbiyning so'zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.


Manba: football.kulichki.net