RPL translyatsiyasini qo'lga kiritgan davlatlar orasida O'zbekiston ham bor!

Eldor Akmurzayev
19 iyun 2020, 20:25
Sport24 manbasiga ko'ra, RPL o'yinlari Sobiq Ittifoqning bir nechta davlatlarida translyatsiya qilinadi.

Jumladan, ular qatorida O'zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina borligi xabar qilingan.

Manbaga ko'ra, chempionat restartidan o'rin olgan o'yinlarni birinchi bo'lib Qozog'istonning Q SPORT kanali ko'rsatadi.

Qayd etilishicha, musobaqaning televizion huquqini Ispaniya, Kipr va Bolqon mamlakatlari ham qo'lga kiritgan.

P.S. Rossiya chempionatini O'zbekistonning qaysi kanali namoyish etishini yaqin orada xabar beramiz.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24