RPL. Turning markaziy bahsida g'olib nomi aniqlanmadi

29 fev 2020, 23:24
Futbol bo'yicha Rossiya chempionati 20-tur bahslari davom etadi.

Mazkur turning markaziy bellashuvi Sankt-Peterburgda o'tkazildi. Mezbon "Zenit" klubi Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi bilan nursiz durangga imzo chekdi. Uchrashuvdagi eng esda qolarli vaziyat moskvalikar bosh murabbiyi Yuriy Seminning 25-daqiqada maydondan chetlatilishi bo'ldi.

RPL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Zenit – Lokomotiv 0:0 

29 fevral, 21.00, Gazprom Arena

Zenit – Lunev, Ivanovich, Rakickiy, Karavaev, Duglas Santos, Barrios, Eroxin (Jirkov, 77), Sutormin (Kuzyaev, 88), Ozdoev, Malkom, Driussi (Azmun, 69).

Lokomotiv – Gilerme, Chorluka (Serkeyra, 90), Kverkveliya, Xevedes, Ignatev, Barinov, Miranchuk, Joau Mariu, Kryxovyak, Magkeev, Eder (Jemaletdinov, 76).

Ogohlantirishlar:

Xevedes (14), Gilerme (32), Ivanovich (69), Rakickiy (71), Ozdoev (74).

Uchrashuvni bevosita stadiondan 51463 nafar tomoshabin kuzatib bordi.

RPL. Shomurodov gol urgan bahsda "Rostov" durang qayd etdi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia