RPL o'yinlari qachondan davom ettirilishi rasman e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 18:58
Rossiya Premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsum o'yinlari qachondan davom ettirilishi tashkilot tomonidan e'lon qilindi.

"Chempionatni iyunning o'rtasidan iyulning o'rtasidagi istalgan vaqtda boshlashni rejalashtiryapmiz. Biroq barchasi virusning tarqalishi va yuqori amaldorlarning ruxsatiga bog'liq", - deyiladi bayonotda.

Rossiya chempionati ham koronavirus sababli qoldirilgan. Ayni damda turnir jadvalida "Zenit" yaqin taqibchisini 9 ochkoga ortda qoldirgan holda yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru