RPL. "Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

19 avg 2020, 20:00
Rossiya chempionati 3-tur bahslari davom etadi.

Bugun "Temiryo'lchilar" "Ural" maydonida mehmon bo'lishdi. Uchrashuvda hisob mezbonlar vakili Egorichev tomonidan 74-daqiqada ochildi. "Lokomotiv"ning tajribali forvardi Fyodor Smolov 87-daqiqada hisobli tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi va o'z jamoasiga 1 ochko taqdim qildi.

Ural – Lokomotiv 1:1 

19 avgust, 18.00, Ekaterinburg-Arena

Gollar:

1:0 – 74 Egorichev, 1:1 – 87 Smolov.

Ural – Pomazun, Rykov, Kulakov, Gerasimov, Kalinin, Egorychev, Augustynyak, Bikfalvi, Mishkich (Bavin, 77), Podberezkin (Efremov, 65), Panyukov (Karaev, 80).

Lokomotiv – Gilerme, Serkeyra, Jivoglyadov, Chorluka, Ribus, Ribchinskiy (Miranchuk, 65), Miranchuk, Barinov (Lisakovich, 87), Kryxovyak, Jemaletdinov (Eder, 76), Smolov.

Ogohlantirishlar:

Barinov (29), Podberezkin (29), Panyukov (30), Bikfalvi (49), Rybus (81), Pomazun (90).

Rossiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia